AsosiySport

Server Jeparov va uning jamoasi Koreya Kubogi sovrindoriga aylandi

Server Jeparov Janubiy Koreya Kubogi sohibi bo`ldi, deb xabar bermoqda «Stadion.uz».

«Syongnam» — «Seul» klublari o`rtasida kechgan final uchrashuvining asosiy vaqtida hisob ochilmadi.

Penaltilar seriyasida Jeparov jamoasining qo`li baland keldi — 4:2.

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov Koreya Kubogi finalida qahramonga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar