AsosiyShou-biznes

“Missis Moskva-2010” g`olibasidan qarz sabab uyini tortib olishmoqchi

36 yoshli Nadejda Yushkina bankning harakatlarini noqonuniy deb topgan holda farzandi bilan birga xonadoniga qamalib olgan. U uyidan chiqishni rad etmoqda.

“Missis Moskva-2010” ikki sutkadan buyon o`z uyida elektr energiyasi va suvsiz yashamoqda. Oziq-ovqatni esa tanishlari derazadan arqon orqali etkazib berishmoqda. Ayol begonalar uyiga kirmasligi to`g`risida kafolot olmaguncha chiqishni rad qilmoqda, deya xabar bermoqda LifeNews.

“Ularning talabi? Ular uydan chiqishimizni xohlashmoqda, ular uyni barcha narsalari bilan egallab olishmoqchi, - deydi Nadejda. – Men bu erda erim va to`rt yoshli qizim bilan o`tiribman. Katta farzandlarim maktabdan kelishga ulgurishmadi. Ular bu erdagi voqealarni ko`rishdi. Qo`rqib, ularni buvisinikiga jo`natib yuboridim”.

Bu ishlarning hammasi u “Missis Moskva” tanlovida g`olib chiqqandan keyin boshlangan edi. Yushinka oilasi bankdan o`z uylarini garovga qo`yib, 700 ming dollar pul oladi. Biroq 2011 yilning mayidan boshlab, ular kreditni to`lashni to`xtatishadi. Garovga qo`yilgan kvartirada Yushkinalar yashashmagan, hattoki ro`yxatdan ham o`tishmagan. Suv va boshqa kommunal xizmatlar puli to`lanmaganligi uchun o`chirib qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar