AsosiyDunyo

Oq uy yonida to`pponcha tutgan ayolni qo`lga olishdi

Vashingtonda Oq uy xavfsizligi bilan bog`liq navbatdagi hodisa sodir bo`ldi: Maxfiy xizmat agentlari AQSh prezidenti qarorgohi yonida to`pponcha ko`targan ayolni qo`lga oldi. Bu haqda CBS telekanali xabar bermoqda.

Gumonlanuvchi ayolni Oq uyning shimoliy qismidagi panjara yaqinida ko`rib qolishgan, uning kamaridagi koburada to`pponcha bo`lgan. Ayol hibsga olingach, uning Michigan shtati fuqarosi ekanligi aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda yuqori mansabdagi shaxslar mudofaasi uchun javob beruvchi Maxfiy xizmat xodimlari mahbusni so`roq qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar