Belgiyalik Toni Ferxulst va Sofi Getgebyur Fransiyaning Limuzen provinsiyasida fillar uchun qariyalar uyi qurmoqchi, deya xabar bermoqda La Montagne.
Ferxulstning aytishicha, ular 20 yil davomida Belgiyaning Antverpen shahridagi hayvonot bog`larida jonivorlarga g`amxo`rlik qilgan, endi esa fillar keksalik gashtini surishi uchun ularga Fransiyada shart-sharoit yaratib bermoqchi.
Belgiyalik juftlik 25 gektar maydonga ega hududda o`ntacha filni parvarishlash bilan shug`ullanmoqchi. Ularning so`zlariga ko`ra, bu erda fillar yashashi uchun zarur barcha sharoitlar mavjud: suv, o`t-o`lan, kashtan, tekis erlar bu erda serob. Ilk filni ular bir yil ichida asrab olishga tayyor.
Shahar hukumati fil ishqibozlari tashabbusini qo`llab-quvvatladi. Ularning aytishicha, fillar sayyohlarni jalb etib, mintaqa iqtisodiyoti o`sishiga hissa qo`shadi.
Nashrning yozishicha, fillar uchun bunday qariyalar uylari Amerika va Osiyoda allaqachon faoliyat yuritadi.





