Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 21 noyabr, juma kuni Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bezgagi epidemiyasi tugaganini e`lon qildi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
Bezgak avjining tugaganini rasman e`lon qilish uchun mamlakatda ikki marta maksimal inkubasiya davri o`tkazilishi kerak. «42 kunlik epidemiya yakunlangach, Kongo Ebola yuqishidan xoli bo`lgan mamlakatga aylandi», — deyiladi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bayonotida.
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bezgagining avj olishi ilk bora avgust oxirida qayd etilgan. U erda virusdan jami 49 kishi halok bo`lgan.





