AsosiyDunyo

AQShning mashhur Citigroup banki top-menejeri o`lik holda topildi

Amerikaning Citigroup nomli mashhur bankida top-menejer lavozimida ishlab kelayotgan Shon Miller o`z uyida o`lik holda topilgan, deya xabar beradi TASS.

Uni uy xizmatchisi yuvinish xonasida tomog`iga pichoq tortilgan holda topib olgan. Tahminlarga ko`ra 42 yoshli top-menejer o`z joniga qasd qilgan bo`lishi mumkin. Uning qonida spirtli ichimlik, narkotik moddalar shuningdek metamfemitan moddasi topilgan. OAQ bergan ma`lumotlarga ko`ra esa, hayotining so`nggi kunlarida Miller qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qilib, uni qandaydir kishi kuzatayotgani haqida xabar qilgan. Biroq uning jasadi topilgan uyda zo`ravonlik, bosqinchilik, qotillik izlari topilmagan. Eslatib o`tamiz, Shon Miller Citigroup bankida 2004 yildan buyon faoliyat olib kelmoqda edi. 

    Boshqa yangiliklar