“Svachchx Bxarat!” – “Toza Hindiston!”. Bugun bu hind siyosatchi va amaldorlari o`rtasidagi eng mashhur shiordir. Gazeta sahifalari butun mamlakat bo`ylab ko`chalarni supurayotgan vazir, mer, boshliqlar suratiga to`la.
Bu kampaniyaga shu yilning bahorida saylovlarda g`olib chiqqan va Hindistonni yaxshi tomonga o`zgartirishga va`da bergan yangi bosh vazir Narendra Modi start berdi. Ko`rinishidan, bosh vazir tashqi ko`rinishga e`tibor qaratadigan ko`rinadi. Oktbyarning boshida Modi yangi Dehli ko`chalarini shaxsan o`zi supurdi va fotoreporterlarning apparatlari “bosh tozalash” boshlanganligini e`lon qildi.
Kampaniya maqsadi – Hindistonni 2019 yilning oktyabriga qadar, ya`ni hindistonliklar millat otasi Maxatma Gandining 150 yilligini nishonlaydigan sanagacha toza mamlakatga aylantirishdir. Modining taklifiga ko`ra, tozalash qatnashchisi o`zi bilan to`qqiz kishini olib kelishi kerak, o`z navbatida qolganlar ham to`qqiz kishidan taklif qiladi.
Masalan, Modining o`zi mashhur kishilarni taklif qildi. Ular orasida eng boylardan biri Anil Ambani, aktrisa Priyanka Chopra, akter Solmon Xon va mashhur yogachi Baba Ramdevlar bor. Ularning hammasi, shuningdek boy magnatlar ham ko`chalarda supurgi bilan paydo bo`lishdi. Ambani ham o`zining eng yaqin do`stlarini, ya`ni Amitabx Bachchan hamda ayol-bokschi, jahon chempioni Meri Komni taklif qildi.
Bu borada boshqa amaldorlar ham ortda qolayotgani yo`q. Kampaniya uch milliondan ortiq davlat mansabdorlarini qamrab oldi, shuningdek maktab va kollej o`quvchilari, obro`li universitetlar talabalari ham chetda qolishmayapti, deya ma`lum qilmoqda OAV. “Har bir hindistonlik bir yilda tozalash ishlariga 100 soatini ajratishi kerak va shunda biz 2019 yilgacha toza mamlakatni yarata olamiz. Bu Maxatma Gandining 150 yillik yubileyiga munosib sovg`a bo`ladi”, - deya ishonch bildirmoqda yangi bosh vazir.





