Ispan Sevilesida istiqomat qiluvchi gersoginya de Alba 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda glavred.info nashri xabar beradi.
To`liq ismi Alba Mariya del Rosario Kaetana Alfonsa Viktoriya Evgeniya Fransiska Fits-Jeyms Styuart va Silva. Bu ma`lumotni shahar meri Xuan Ignasio Zoldo ham uning vafoti munosabati bilan bildirgan ta`ziyasi orqali isbotlagan.
O`tgan haftada gersoginya yurak aritmiyasi tufayli kasalxonaga yotqizilgandi.
Eslatib o`tamiz, u ingliz qiroli Yakov II ning avlodlaridan sanaladi. De Alba eng ko`p unvon olgan gersoginyalardan biri sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. U 7 ta gersoginya unvoni, 23 ta markiza hamda 19 ta grafiniya unvonlariga sazovor bo`lgan. 85 yoshida de Alba Alfonso Diez Karabantesom bilan turmush qurgandi.





