AQShning Ayova shtatida istiqomat qiluvchi fuqaro qurollangan holda Vashingtondagi Oq uyga kirmoqchi bo`lgan vaqtda qo`lga olindi, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, 41 yoshli Ar Jey Kafim unga Ayova shtatidagi noma`lum shaxs Oq uyga kirishi lozimligini aytganini xabar qilgach, qo`lga olingan. Shundan so`ng, u eshik oldidagi qo`riqlash xizmati vakillariga nariroqda turgan mashinasini ko`rsatgan.
Avtomobilni tintuv qilish chog`ida uning ichidan qurollar, pichoq borligi aniqlangan.





