AsosiyDunyo

Braziliyalik o`smir SMS-xabar yozish tezligi bo`yicha jahon rekordini yangiladi

Sensorli ekranga ega smartfonda matn terish tezligi bo`yicha jahon rekordi iPhone 6 Plus yordamida o`rnatildi, deb yozadi «Rossiyskaya gazeta». Braziliyalik Marsel Fernandes Filo ismli yigitcha dunyoda eng tezkor deb rasman tan olingan Fleksy klaviaturasidan foydalanib, o`z rekordini yangiladi. U shu yilning mayida ham Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

Etti oy avval Marsel xuddi shunday klaviaturadan foydalangan, biroq u Samsung Galaxy S4 smartfoniga o`rnatilgan edi. O`sha vaqtda Fleksy klaviaturasini iOS-qurilmalarda qo`llash mumkin bo`lmagan.

May oyida o`smir ingliz tilidagi «Serrasalmus va Pygocentrus turidagi o`tkir tishli piranyalar dunyoda chuchuk suvda yashovchi eng tajovuzkor baliqlardir. Biroq haqiqatda ular odamlarga kamdan-kam tashlanadi» («The razor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the most ferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human») jumlasini 18,19 soniyada tergan bo`lsa, bu safar u shu vaqtni 17 soniyagacha qisqartirishga muvaffaq bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar