Rossiyaning Omsk oblasti Isilkul rayonida yashovchi etti yoshli bola tok urishidan keyin tanasiga metall buyumlar yopishib qola boshladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
«Men buni xohlamasam ham, hamma narsa o`zidan-o`zi paydo bo`ladi. Bir kuni hattoki stakan menga yopishib qoldi. U o`zidan-o`zi men tomon harakatlandi. Men superqahramon bo`lish haqida o`ylayapman», − dedi bolaning o`zi.
Magnit-bolaga vilka, qoshiq va tangalar osonlik bilan yopishib qoladi. Hozirda ikkinchi sinf o`quvchisi og`irroq buyumlarni tortishni mashq qilyapti. Shuningdek, u boshqalarni ham vaqtinchalik magnitga aylanishga o`rgatayotganini aytgan. Jumladan, sinfdosh qizlardan birining so`zlariga ko`ra, mashg`ulotlardan keyin u burnining uchi bilan qoshiqni o`ziga tortishni o`rgangan.





