AsosiyJamiyat

Xorazmlik fuqaro ayoliga shilqimlik qilgan qarindoshining joniga qasd qildi

Xorazm viloyatidan bo`lgan shaxs boshqa davlatga ishlagani ketdi. U o`zga yurtdaligida uyiga jiyani bir qop sabzi ko`tarib keldi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi.

Xonadon sohibasiga sabzi to`la qopni ichkariga olib kirishga yordamlashar ekan, jiyan xona eshigini sekin berkitib, ayolga tegajog`lik qila boshladi. Uy bekasi esa uni siltab, oshxonaga chiqib ketdi. Yigit avvaliga uyiga ketmay, ayolni kutib turdi. Saldan so`ng, keyin kelishini aytib chiqib ketdi.

Xonadon bekasi bo`lib o`tgan voqeani biroz vaqtdan so`ng o`zga yurtdan qaytgan turmush o`rtog`iga aytib berdi. Uy sohibi jiyani bilan o`zi gaplashishini aytdi-yu ko`p o`tmay yana ishlashga ketdi.

Ayolining betob bo`lib qolgani bois ikki yildan so`ng uyiga qaytgan kishi avval bo`lgan voqeani yodga olib, qarindoshini izlab bordi va u bilan birgalikda ovloq joy tomon ketdi. Bu erda u ayoliga shilqimlik qilgan qarindoshining uzrlarini ham eshitib o`tirmay, uni kaltaklay ketdi. U qarindoshi jimib qolgachgina o`ziga keldi va jiyanining tirikligini bilib, pochchasiga qo`ng`iroq qildi.

Pochchaga aytilganidek, «yiqilib, shikastlangan jiyan» shifoxonaga olib borildi, biroq ko`p kaltaklangani bois hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

    Boshqa yangiliklar