AsosiyDunyo

Qozog`istonning sobiq bosh vaziri Serik Axmetov uy qamog`iga mahkum qilindi

Qozog`istonning sobiq bosh vaziri va sobiq mudofaa vaziri Serik Axmetov korrupsiyada ayblanib uy qamog`iga mahkum qilindi. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshilik ko`rsatish bo`yicha agentligi matbuot xizmatiga asoslanib «Novosti-Kazaxstan» xabar berdi.

Agentlik xabariga ko`ra, Qarag`anda viloyati, Qarag`anda shahri, «Sariarka» milliy kompaniyasi, «Metallurigiya-Metallobrabotka» sanoat parkining erkin iqtisodiy zonasi va «KazAgroFinans»ning sobiq rahbarlari B. Abdishev, M. Smagulova, A. Esse va G. Raximjanovga nisbatan ham surishtiruv ishlari boshlangan.

Uy qamog`iga mahkum qilingan Serik Axmetov 2014 yil aprel−oktyabr oylarida mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. 2012−2014 yillarda Qozog`iston bosh vaziri, 2009−2012 yillarda Qarag`anda viloyati hokimi, shuningdek 2012 yil boshida bosh vazirning birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar