AsosiyJamiyat

Islom Karimov Qozog`istonga tashrif buyuradi

24—25 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog`iston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan boradi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» Qozog`istonning Toshkentdagi elchisi Bo`riboy Jeksembinning «Kazinform»ga bergan intervyusiga tayanib.

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari qator xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi.

Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning 2013 yil iyunida Toshkentga rasmiy tashrifi, shuningdek ikki davlat rasmiy vakillarining turli darajadagi so`nggi uchrashuvlari davomida erishilgan kelishuvlar natijasi sifatida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar