AsosiyHi-tech

iPhone 7 haqida dastlabki taxminlar paydo bo`ldi

Yangi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarini sotib olganlar hali ularga o`rganib ulgurmasdan, Internet tarmoqlarida Apple smartfonlarining navbatdagi avlodi haqida taxminlar paydo bo`lmoqda.

Inqusitr saytining xabariga ko`ra, iPhone 7 ning displeyi yanada katta bo`ladi. Aytish kerakki, iPhone 6 ning displeyi 4,7 dyuym. Taxmin qilinishicha, galdagi smartfonda Touch ID daktiloskopik sensori to`g`ri displeyga o`rnatiladi.

Bunda qurilmani blokirovka qilishda barmoqlarni ekranning istalgan joyiga bosish kifoya. Hamda qurilmani blokirovkadan chiqarishda odamning yuzidan tanib olish texnologiyasi qo`llanilishi mumkin. Albatta, iPhone 7 ning boshqa imkoniyatlari uning bahosidan kelib chiqib ma`lum bo`ladi.

Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, uning narxi 650-850 dollargacha ko`tariladi. Bu esa tarixda “eng qimmat ayfon” bo`ladi. Biroq Apple kompaniyasi o`zining yangi mahsulotini 2015 yilning kuzigacha taqdim etishi amrimahol. Shu bois aniq xulosa qilishga hali erta. Manba: vesti.ru

    Boshqa yangiliklar