AsosiyJamiyat

Toshkent Islom universitetida Zamaxshariy haqidagi hujjatli film premerasi bo`lib o`tdi

Toshkent Davlat islom universitetida «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasi bilan Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida tasvirga olingan «Fasohat ilmining sultoni» hujjatli filmi premerasi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda agentlik sayti.

«Buyuk ajdodlarimiz» ruknida tasvirga olingan ushbu hujjatli filmda xorazmlik buyuk alloma Mahmud Zamaxshariy (1075-1144) hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi. Umri davomida 50 dan oshiq adabiyotshunoslik, tilshunoslik, geografiya va boshqa fanlarga oid asar yaratgan buyuk vatandoshimiz nomini, ayniqsa, arab tili grammatikasiga bag`ishlangan «Al-Mufassal» kitobi asrlar osha Mag`ribu Mashriqqa mashhur qildi.

Hujjatli film ssenariysi mualiflaridan biri, taniqli islomshunos olim Ubaydulla Uvatov film uzoq yillar davomida O`zbekiston, Turkiya, Iordaniya va Saudiya Arabistonida tasvirga olinganini, bunday o`quv filmlari yoshlarni Vatanimiz, bu erdan etishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va ijodi bilan tanishtirishi va ularga ibrat bo`lib xizmat qilishi bilan ham qimmatli ekanini ta`kidladi.

Filmning ssenariy mualliflari – Ubaydulla Uvatov, Tursunoy Ismoilova; rejissyorlari – Abdurahim Ismoilov, Doniyor Shokirov; tasvirchilari – Abdurahim Ismoilov, Saiddalilxon Saidturg`utxonov; direktori – Doniyor Shokirov.

    Boshqa yangiliklar