AsosiyDunyo

Yangi yilga sovg`a bilan: Elizaveta II shahzoda Uillyam va Ketringa taxtni topshirmoqchi

Aqshning Woman's Day Magazine nashri xabar berishicha, Elizaveta II taxtni tark etib, uni qirollikdagi yosh oila bo`lmish shahzoda Uilyam hamda gersoginya Keytga topshirishini aytgan.

Shuningdek ma`lumotlarga ko`ra, bu hodisa yaqin kunlar ichida sodir bo`ladi. Qirolicha Elizaveta II bu haqda yangi yil arafasida ommaga murojaat qilgan xolda xabar berishi kutilmoqda. Ommaviy axborot vositalari tomonidan qirolichaning bunday qarorga kelishiga nima majbur qilganligi borasida qator taxminiy fikrlar yuzaga keldi.

Nihoyat bu qaror shu yilning 7 noyabr kuni Elizaveta II uyushtirilgan suiqasddan so`ng qabul qilinganligi ayon bo`ldi. Bundan tashqari ayni damda uning turmush o`rtog`i shahzoda Filippning ham salomatligi yomonlashgan. Qirolichaning taxtni topshirishida ushbu holatning ham o`rni bor.

Shahzoda Uilyam hamda gersoginya Keytni omma juda sevadi. Ular taxtning munosib vorislari bo`lishiga qirolichaning ishonchil komil.

    Boshqa yangiliklar