AsosiyJamiyat

Buyuk ipak yo`li bo`ylab motosiklda sayohat qilayotgan yaponiyalik sayyoh O`zbekistonga keldi

Buyuk ipak yo`li bo`ylab motosiklda sayohat qilayotgan yaponiyalik turist Sayito Xisao O`zbekiston hududiga kirdi, deb xabar bermoqda «Pravda Vostoka».

Nashr muxbirlari uni Uchqo`rg`on tumanidan Namangan shahriga ketayotganda uchratib, intervyu olgan. Yaponiyalik mehmonning aytishicha, uning sayohati besh oyga mo`ljallangan bo`lib, O`zbekiston, Qozog`iston, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, Gresiya, Sloveniya, Shveysariya, Fransiya va Portugaliyaga borishni rejalashtirgan.

«O`zbekiston bo`ylab sayohat davomida ushbu mamlakatda mehnasevar va bunyodkor xalq yashashiga amin bo`ldim. Bog`lar va maydonlar boshqa joylardagi kabi bo`sh yotmay, mo`l hosil etishtiriladi. Qaerga borsam ham o`zimga doim yaxshi munosabatda bo`linganini his qildim. Bu faqatgina haqiqatdan yaxshi xalqning qo`lidan keladi», − dedi sayyoh.

    Boshqa yangiliklar