Ukrainaning Lvovskaya viloyati Striy shahridagi Rinok maydonida chuchvara eyish bo`yicha musobaqaning 51 yoshli g`olibasi vafot etdi. Bu haqda «Segodnya» xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, o`sha paytda Rinok maydonida qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar yarmarka-festivali o`tkazilayotgan bo`lgan. Ayol yarmarka tashkilotchilari tomonidan chuchvara eyish bo`yicha o`tkazilgan tanlovda g`olib chiqqan. Mukofotlash chog`ida u to`satdan o`zini yomon his qilib, hushidan ketgan. Chaqiruv bo`yicha zudlik bilan etib kelgan shifokorlar ayolning o`limini qayd etgan.
Ayni paytda sud-tibbiy ekspertiza o`tkazilmoqda, uning natijalariga ko`ra, ayol vafotining sababi aniqlanadi.





