AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya TIV Byurosi boshlig`i bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2014 yilning 17 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O`zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Evropa ishlari bo`yicha Byurosi boshlig`i Ha Te Yok bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Suhbat chog`ida oliy darajadagi muntazam O`zbekiston — Janubiy Koreya uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda 2014 yildagi hamkorlik yakunlari va 2015 yilda o`zaro aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli darajadagi bo`lajak ikki tomonlama aloqalar jadvali bo`yicha takliflar ham ko`rib chiqildi.

Suhbatda Koreya Respublikasi elchisi Li Uk Hon ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar