AsosiyJamiyat

Kirakash talonchilar yangiyo`llik yo`lovchining uyali telefoni va 345 ming so`m pulini tortib oldi

Kechki payt Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanidan bo`lgan shaxs shaharga borish uchun Matiz rusumli avtomashinaga yo`lovchi sifatida o`tirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Mashina Xalqobod qishlog`iga kelganida kutilmagan holat yuz berdi. Avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yangiyo`llik shaxsga pichoq o`qtalib, uning uyali telefoni hamda 345 ming so`m pulini tortib oldi. Kirakash talonchilar yo`lovchini mashinadan tushirib, voqea joyidan yashirindi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari zudlik bilan talonchilarni ushlashga kirishdi. Tez orada mazkur jinoyatni sodir etgan yangiyo`llik ikki kishi qo`lga olindi.

    Boshqa yangiliklar