Buyuk Britaniya armiyasidan iste`foga chiqqan mayor Peddi Roy Beyts 1966 yili o`zicha tashlab qo`yilgan Buyuk Britaniya chegara suvlaridan tashqarida joylashgan Rafs-Tauer xarbiy platformasini egallab oldi va suveren Silend davlati tashkil qilganini e`lon qildi, hamda u o`zini knyaz Roy I deb e`lon qildi.
Ikki yildan so`ng britaniya hukmdorlari yosh davlatni zabt etishmoqchi bo`ldilar. Platformaga patrul katerlari yainlashib kelganda, knyazlar oilasi havoga ogohlantiruvchi o`q uzdilar. Ushbu ish yuzasidan Beytsga nisbatan sud jarayoni mobaynida, Beytsni britaniya fuqaroligini inobatga olgan xolda, sudya ushbu ish britaniya yurisdiksiyasidan tashqarida deb qaror qildi. Hozirgi kunda Silend o`z bayrog`i, gerbi, konstitusiyasi, tangalari va pochta markalariga ega, lekin hech bir boshqa davlat tomonidan tan olinmagan.





