AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston Respublikasi bayrog`i qabul qilinganligiga 22 yil to`ladi

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi hisoblandi. Bu “O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i to`g`risida”gi qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan. Shu munosabat bilan ushbu qonundan barcha fuqarolar bilishi kerak bo`lgan moddalarni eslatishga qaror qildik.

3-modda:

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasining timsoli sifatida qo`llaniladi.

4-modda:

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o`tkazilgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

5-modda:

O`zbekiston Respublikasi bayrog`i qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko`chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va ob`ektlarda ko`tariladi.

5/2-modda:

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizasiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o`tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`iga o`xshash bo`lishi mumkin emas.

7-modda:

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o`lchamga ega bo`lishi kerak.

8-modda:

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo`lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo`lgan dastada, yo bo`lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko`pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko`tariladi.

9-modda:

Motam munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i motamga moslab ko`tariladi. Bunday hollarda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo`lgan kenglikdagi qora tasma bog`lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.

13-modda:

O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O`zbekistonda turgan boshqa shaxslar O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`ini hurmat qilishlari shart.

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar