AsosiyJamiyat

Buxoro va Navoiy viloyati bosh milisionerlarining o`rinbosarlari o`zgardi

Buxoro va Navoiy viloyati IIB boshliqlarining yangi o`rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda, “Postda” gazetasiga asoslanib, Daryo.uz xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, podpolkovnik G`anisher Qilichev Buxoro viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari, podpolkovnik Sunnatillo To`raev Navoiy viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari etib tayinlangan.

Bundan tashqari, podpolkovnik Farrux G`iyosov Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimlariga tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar