Gresiyaning Saloniki shahridan unchalik uzoq bo`lmagan qabrlar majmuasida olib borilgan qazilmalar natijasida qo`lga kiritilgan topilmalar ko`pchilikni qiziqtirib qo`ydi.
Qabrlarning biridan Aleksandr Makedonsiy davriga oid aslzodalarga tegishli narsalar topildi. Suyaklar antik davr istilochisinig do`sti va sevgilisi Gefestionga tegishli deb taxmin qilinmoqda.
Qabr unchlik katta emas. Arxeologlarning fikriga ko`ra, uzunligi 3.23 metrni, kengligi 1.56 metrni, chuqurligi esa 1.8 metrni tashkil etadi. u eramizdan avvalgi IV asrning o`rtalarida qurilgan.
Gresiya bosh vaziri Antonis Samaras bu erga shaxsan tashrif buyurdi. Areologlar siyosatchi hamda jurnalistlarga ushbu topilmani o`rganish, Aleksandr Makedonskiyning eng yaqin do`sti va sevgilisi Gefestion haqidagi sirlarni ochishi mumkinligini aytishdi.





