2019 yilning 3-5 mart kunlari O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Qatarda bo`ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Doha shahrida O`zbekiston-Qatar muzokaralari bo`lib o`tadi.
Unda ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalari, o`zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilinadi.






