AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik harbiylar Rossiyada taktik mashg`ulotlarni kuzatdi

'O`zbekistonlik harbiylar Rossiyada taktik mashg`ulotlarni kuzatdi'ning rasmi

O`zbekistonlik harbiy xizmatchilar Rossiya Federasiyasining Chelyabinsk shahri yaqinidagi Chebarkul poligonida armiya aviasiyasi hamda artilleriya hamkorligida o`tkazilgan tank bo`linmalarining taktik mashg`ulotlarini kuzatdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mashg`ulot jarayonida shartli dushman aviasiya hujumi va ommaviy qirg`in qurollaridan foydalanganida asosiy kuchning harakatlari amalda ko`rsatildi.

2.png

Mashg`ulotning so`nggi bosqichida harbiy xizmatchilar “T-72B” tanklari hamda “BMP-2” piyodalar jangovar mashinalaridan shartli dushmanning imitasiya qilingan zirhli va jonli kuchlariga qarata o`t ochdi. Bunda havodan “Mi-24” aviasiya vertolyotlari yordam ko`rsatib turdi.

Tajriba almashish jarayonida o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar rossiyalik tankchilar bo`linmalarining jangovar tayyorgarligi jarayonlari, shuningdek, kecha-yu kunduz uchuvchisiz uchish qurilmalari va shartli diversion-razvedka guruhlariga qarshi kurashishning yangicha usullari bilan tanishdi.

3.png

Taktik mashg`ulotlarga mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 200 ga yaqin harbiy texnika, xususan, “Mcta-B” gaubisasi, “Grad” zalp o`t ochish reaktiv tizimi hamda beshinchi avlod aloqa texnikasi jalb etildi.

4.png

    Boshqa yangiliklar