AQShning Kaliforniya shtatida suv toshqini ro`y bermoqda, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Vaziyat, ayniqsa, shimoliy hududda ancha jiddiy. Suv uylarning birinchi qavati va erto`lasigacha kirib borgan. Banklar, maktablar, universitetlar hamda boshqa tashkilot binolari tabiiy ofatdan katta zarar ko`rdi. Ko`chalarda suv daryo bo`lib oqayotganini ko`rish mumkin. Gernevill shahri butunlay suv bilan to`lgan bo`lib, bu erda faqatgina qayiqlarda harakatlanish mumkin.






