Nigeriyada o`tgan prezident saylovlarining natijasi e`lon qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Unga ko`ra, mamlakatning amaldagi rahbari Muhammad Buxari g`alaba qozondi. Buxari 56 foiz ovoz to`plab, ikkinchi muddatga o`z lavozimiga qayta saylandi. Uning raqibi Xalq demokratik partiyasidan nomzod Atiku Abubakarni esa saylovchilarning 41 foizi qo`llab-quvvatlagan. U ovoz berish natijalarini rad etmoqda. Abubakar natijalarni soxta deb hisoblashini ma`lum qilgan.






