Jazoirda jurnalistlar ishtirokida norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Davlat va xususiy televidenie hamda radioda faoliyat olib boruvchi matbuot xodimlari mamlakatdagi OAV tizimida uchrayotgan to`siqlargabarham berilishini talab qilishmoqda.Aksiya mamlakatdaprezident saylovi oldidan kuchayib borayotgan bosim fonida o`tkazilmoqda. Jurnalistlar Jazoirda ro`y berayotgan norozilik namoyishlariga ochiq-oydin munosabat bildirishlariga to`sqinliklar bo`layotganligini ta`kidlashmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda aksiyada ishtirok etgan 40 nafardan ortiq jurnalistlar polisiya tomonidan qo`lga olingan.






