AsosiySport

Milliy olimpiya qo`mitasi rahbari Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasida ishtirok etadi

'Milliy olimpiya qo`mitasi rahbari Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasida ishtirok etadi'ning rasmi

Joriy yil 2-3 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashi o`zining navbatdagi 38-Bosh assambleyasini o`tkazadi. Nufuzli tadbirda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etadi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar qiladi.

Ikki kun davom etadigan Bosh assambleya kun tartibidan turli masalalar o`rin olgan. Unda Jakartada bo`lib o`tgan 2018 yilgi yozgi Osiyo o`yinlarining tashkiliy qo`mitasi tomonidan tayyorlangan yakuniy hisobot ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlari, Pekin-2022 qishki olimpiadasining taqdimoti ham namoyish etiladi. “Olimpiya birdamligi” loyihasi bo`yicha yangiliklar ma`lum qilinadi.

Shuningdek, Bosh assambleya yig`ilishida 2019-2022 yillar uchun Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati, ijroiya qo`mitasi va doimiy komissiyalarining yangi tarkibi ham saylanadi.

    Boshqa yangiliklar