AsosiySiyosat

Namangan shahridagi to`qimachilik korxonasi ko`p tarmoqli klasterga aylanmoqda

'Namangan shahridagi to`qimachilik korxonasi ko`p tarmoqli klasterga aylanmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan shahridagi “Art Soft Tex Group” korxonasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining veb-sayti.

Bu erda turli bichim va rangdagi sochiqlar, xalat, choyshab va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda. Ular ichki bozorga, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Bolgariya, Moldova va qo`shni davlatlarga etkazib berilmoqda. O`tgan yili 290 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 9,4 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini oshirish rejalashtirilgan.

Namangan shahri, Rishton va Yangiqo`rg`on tumanlarida korxonaning bir nechta sexlari bor. Ularda 2 mingdan ziyod kishi mehnat qiladi. Yaqinda tayyor to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi ishga tushirilishi bilan yana mingga yaqin ish o`rni yaratildi.

“Art Soft Tex Group” faoliyatini kengaytirib, klaster usulida ishlashga o`tmoqda. Korxona uchun Mingbuloq va Pop tumanlaridan er ajratilgan, qishloq xo`jaligi texnikalari sotib olingan.

Davlatimiz rahbari korxonaning kelgusi rejalari bilan qiziqdi. Korxona tarkibida paxta tozalash, urug` etishtirish, don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, issiqxona tashkil etilishi, chorva boqish, em ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishini ma`qulladi.

Shu erning o`zida viloyatda parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, asalarichilik, quyonchilik, intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish, irrigasiya va meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, er va kadastr tizimida innovasion ishlanmalarni qo`llashga qaratilgan loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Prezidentimiz loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularni tezroq ishga tushirib, aholini ish bilan ta`minlash zarurligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar