AsosiyDunyo

Jammu va Kashmir hududlarida vertolyot halokatga uchradi

'Jammu va Kashmir hududlarida vertolyot halokatga uchradi 'ning rasmi

Hindistonning Pokiston bilan chegaradosh Jammu va Kashmir hududlarida vertolyot halokatga uchradi, deya xabar berdi Report nashri.

Hindiston havo kuchlariga tegishi Mi-17 vertolyoti kutilmaganda erga qulagan. Natijada 2 nafar uchuvchi qurbon bo`ldi. Avvalroq esa Pokistonda Hindistonga tegishli 2 ta samolyot o`qqa tutilgan edi. Biroq Pokiston armiyasi bu galgi voqeaga aloqasi yo`qligini ma`lum qilmoqda.

Eslatib o`tamiz, har ikkala davlat o`rtasidagi mojaroli vaziyat 14 fevral kuni Kashmirda amalga oshirilgan terrorchilik hujumidan so`ng boshlangan.

    Boshqa yangiliklar