AsosiyJamiyat

IIV internet tarmog`idagi firibgarlardan ogohlantirdi

'IIV internet tarmog`idagi firibgarlardan ogohlantirdi'ning rasmi

O`zbekiston IIV fuqarolarni chet el mamlakatlarida bo`la turib, internet tarmog`i orqali savdo-sotiqni amalga oshirishni taklif etayotgan notanish insonlardan hushyor bo`lishga va aldanib qolmaslikka chaqirdi.

O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma`lum qilishicha, 2019 yil 17 fevral kuni Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, unda internet tarmog`idagi “Apple New” reklama sayti orqali o`zini Qozog`iston Respublikasi fuqarosi “Jaden Guldana” deb tanishtirgan shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmog`i orqali u bilan gaplashib, u 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qo`shib berishini aytib ishontirganligini, so`ng 2018 yil 26 dekabr kuni X.T. Qo`qon shahridagi bankning halqaro elektron pul o`tkazmasi orqali J.Guldanaga 1200 dollarni o`tkazganligini, lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham pullarini ham qaytarib ololmayotganligini ma`lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma`lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar