Peruda mavsumiy suv toshqinlari natijasida qurbon bo`lganlar soni 50 nafarga etdi, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
Eng so`nggi qurbonlar Uankavelika shahrida qayd etilgan. Vaziyat mamlakatning markaziy hududlarida ancha jiddiy. Maktablar va boshqa binolar suv bosgani sababli vaqtinchalik yopilgan. Toshqin Perudagi ko`plab infratuzilmalarga ziyon etkazmoqda. Meteorologiya xizmati xodimlari yog`ingarchilik va toshqinlar mart oyi so`ngiga qadar davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.






