AsosiyDunyo

Hindistonda spirtli ichimlik qurbonlari 150 nafarga etdi

'Hindistonda spirtli ichimlik qurbonlari 150 nafarga etdi 'ning rasmi

Hindistonning Assam shtatida sifatsiz spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida qurbon bo`lganlar soni 150 nafarga etdi, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.

Shuningdek, yana 200 kishi shifoxonalarda qolmoqda, ulardan ba`zilarining ahvoli og`ir. Ma`lumotlarga ko`ra, jabrlanuvchilar tarkibida zararli kimyoviy qo`shimchalar bo`lgan spirt qo`shib tayyorlangan qo`lbola alkogol iste`mol qilishgan. Qurbonlarning aksariyati choy plantasiyalari ishchilari bo`lgan. Ayni vaqtda ushbu ichimlikni ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari hamda 11 nafar xodim mazkur holat yuzasidan qo`lga olindi.

    Boshqa yangiliklar