AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida o`tkazilgan "Diqqat, temir yo`l!" tadbirida 174 haydovchiga chora ko`rildi

'Toshkent viloyatida o`tkazilgan "Diqqat, temir yo`l!" tadbirida 174 haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

Toshkent viloyati YHXB xodimlari hududdagi temir yo`l kesishmalariga yaqin joylashgan 18 korxona-tashkilot, 21 o`quv muassasasi va 26 mahallada profilaktik suhbatlar o`tkazib, temir yo`l kesishmasidan o`tish qoidalari bo`yicha tushuntirishlar berdi, deb yozadi O`zA.

Bundan tashqari, 47 temir yo`l kesishmasiga 80 YPX xodimi biriktirilib, temir yo`l kesishmasidan elektropoezdlarning o`tish vaqtida harakat xavfsizligini ta`minlash ishlari olib borildi.

Tadbir davomida, birgina 20 fevral kunida temir yo`l kesishmasidan o`tish qoidasini buzgan 174 haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, temir yo`l kesishmalarida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida Transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash boshqarmasi va tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ishlar tashkil qilindi. Misol uchun, «O`zbekiston temir yo`llari» AJ Harbiylashtirilgan qo`riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda video kuzatuv kameralari yordamida temir yo`l kesishmalaridan o`tish qoidalarini buzib harakatlangan transport vositalari haydovchilariga nisbatan choralar ko`rildi.

Jumladan, Nexia rusumli davlat raqam belgisi 10 C 556 QA bo`lgan haydovchi o`z hayotini xavf ostiga qo`yib, yopiq turgan shlagbaumdan qarama-qarshi yo`nalishga chiqib harakatlangan, qolaversa Matiz rusumli davlat raqam belgisi 10 S 437 QA bo`lgan haydovchi kesishmaning taqiqlovchi qizil chirog`ida harakatini davom ettirgan.

O`z navbatida, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan 174 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning 130-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida, ya`ni 606 ming 190 so`m, jami 105 million 825 ming 60 so`m miqdorida jarima belgilandi.

    Boshqa yangiliklar