AsosiyJamiyat

Prezidentfarmoni bilan O`zbekiston sosiologlari assosiasiyasi tashkil etiladi

'Prezidentfarmoni bilan O`zbekiston sosiologlari assosiasiyasi tashkil etiladi'ning rasmi

Sosiologik tadqiqotlar o`tkazishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Farmon bilan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o`rganish markazi etib qayta nomlandi.

“Ijtimoiy fikr” markazining har bir soha bo`yicha asosiy vazifalari belgilandi.

Markaz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`lari hisobidan ta`minlanadi.

Markaz tomonidan o`tkazilgan sosiologik so`rov natijalari Hukumat va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilinadi.

Markazda aholi o`rtasida blis-so`rov o`tkazish uchun call-markaz tashkil etiladi.

2019/2020 o`quv yilidan tegishli oliy ta`lim muassasalarida sosiologiya va sosiologik tadqiqotlar kafedralari ochiladi.

Shuningdek, O`zbekiston sosiologlari assosiasiyasi tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar