Samsung kompaniyasi Galaxy Fold bukiluvchan displeyga ega smartfonni taqdim etdi, deb xabar qildi TASS nashri.
Buklama o`rtada joylashtirilgan va qurilmani aylantirib, planshet ko`rinishiga keltirish imkonini beradi. U 6 ta kamera bilan jihozlangan. Ularning uchtasi orqa panelda, ikkitasi ichki qismda, yana biri old tomonda joylashgan. Ikkita frontal kamera 8 hamda 10 megapiksel kenglikka ega, yana bir selfi-kamera 10 MP.da suratga oladi. Galaxy Fold 26 aprel kuni sotuvga chiqishi rejalashtirilgan. Uning narxi esa 2 ming AQSh dollari ekani xabar qilinmoqda. Smartfon 5G va LTE-versiyalarda bo`ladi hamda to`rt rangda taqdim etiladi: «Kulrang koinot», «Qora koinot », «Marscha yashil» va «Yulduzli ko`k».






