AsosiyDunyo

AQSh Meksikaga qarshi 3 mamlakat bilan kelishib oldi

'AQSh Meksikaga qarshi 3 mamlakat bilan kelishib oldi 'ning rasmi

AQSh va Markaziy Amerikaning 3 ta mamlakati Meksikaning Qo`shma Shtatlar chegarasidan odamlarni noqonuniy olib o`tishiga qarshi kurashishga kelishib oldi, deya xabar qildi NTV.ru nashri.

Prezident Donald Trampning noqonuniy muxojirlar oqimi tufayli mamlakat janubida favqulodda holat e`lon qilganidan so`ng El-Salvador, Gvatemala, Gonduras va AQSh o`rtasida qo`shma tashabbusga erishilgan. AQShning Milliy xavfsizlik bo`yicha bosh kotibi Kirsten Nilsen mintaqadagi migrasiyani “gumanitar inqiroz”, deb atadi va ushbu qo`shma reja chegara xavfsizligini ta`minlash hamda fuqarolari tark etayotgan mamlakatlardagi vaziyatni yaxshilashga xizmat qilishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar