AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Qoraqalpog`istonda 15 yoshli qizning guruh bo`lib zo`rlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

'Bosh prokuratura Qoraqalpog`istonda 15 yoshli qizning guruh bo`lib zo`rlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpog`istonda 15 yoshli qizning guruh bo`lib zo`rlangani haqida OAVlarda tarqalgan xabar yuzasidan izoh berdi. Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, o`quvchi qizning besh oylik homilasi bor.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritishicha, Qoraqalpog`istonda bo`lib o`tgan voqeani qator nashrlarda aytilgani kabi zo`rlash, buning ustiga, guruh bo`lib zo`rlash deb atab bo`lmaydi. Qiz 20 yoshli erkak bilan o`z xohishiga ko`ra aloqa o`rnatgan.

«Qoraqalpog`istonning Chimboy tumani Ichki ishlar boshqarmasi 13 fevral kuni 1999 yilda tug`ilgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi — 16 yoshga etmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishish bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atdi», - dedi Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Qonunchilikka muvofiq, voyaga etmagan qiz bilan aloqaga kirishgan yigit jamoat ishlaridan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo`lgan jazoga tortilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar