AsosiyJamiyat

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori o`zgardi

'Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori o`zgardi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullaev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

N.Sayfullaev 1975 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. 1996 yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san`atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “O`zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari, bosh direktori o`rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o`rindoshlik asosida O`zbekiston davlat san`at institutining San`atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014 yil martdan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san`at masalalari sho``basi mudiri lavozimlarida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar