Toshkent shahar hokimligi Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid xabarlar soxta ekani bo`yicha bayonot berdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda avvalgidek poytaxtdagi ob`ektlar buzilishiga doir turli taxminlar va soxta ma`lumotlar tarqalishda davom etmoqda. So`nggi mish-mishlardan biri - Darxon nomi bilan tanilgan hududda (Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik prospekti) joylashgan O`zbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilishiga oid. Eng avvalo Toshkent shahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi rasman shuni ma`lum qiladiki, mazkur tarixiy binoning buzilishi hech qachon rejalashtirilmagan", - deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, poytaxt ma`muriyati o`zbekistonliklarni o`z vaqtlarini turli mish-mishlar tarqatishga sarflamaslikka chaqirdi.






