Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bir nechta umumta`lim maktablarining buzilishi haqida ma`lumot tarqatildi. Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi ushbu xabarni noto`g`ri ekanligini ma`lum qildi.
Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta`limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta`lim va maktabdan tashqari muassasalarining er uchastkalarini hamda ko`chmas mulkini Xalq ta`limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Xalq ta`limi vazirligiga mazkur maktablarning er uchastkalarini va ko`chmas mulkini begonalashtirish to`g`risidagi arizalar kelib tushmagan.






