AsosiySport

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat o`yinida "Lokomotiv Tbilisi"ni mag`lubiyatga uchratdi

'O`zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat o`yinida "Lokomotiv Tbilisi"ni mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o`yinida maydonga tushdi. "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi kechgan o`yinda vakillarimiz 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuvi

San-Pedro-del-Pinatar, "Pinatar" stadioni

O`zbekiston OTJ - "Lokomotiv Tbilisi" 3:2

Gollar: Bobur Abduxoliqov (10,32), Oston O`runov (41)

O`zbekiston OTJ (boshlang`ich tarkib): Umid Ergashev, Dilshod Saidov, Islom Qobilov, Husniddin G`ofurov, Ilhom Alijonov, Oybek Rustamov, Oston O`runov, Aziz Amonov, Nurillo To`xtasinov, Bobur Abduxoliqov, Mirjahon Mirhamidov.

Zaxiradan tushganlar: Abdulla Abdullaev, Islom Rashidxonov, Sanjar Qodirqulov, Suhrob Nurulloev, Abror Ismoilov.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.

Saralash bahslari Toshkentda o`tkazilib, terma jamoamiz a`zolari Osiyo chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

    Boshqa yangiliklar