Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahri yaqinida kontrabandachilar tomonidan qo`lga olingan pongolinlar qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Trend nashri.
Jonivorlar to`rlarga o`ralgan holda o`ta yomon ahvolda topilgan. Veterinarlarning so`zlariga qarganda, ularga 17 kun davomida na ovqat, na suv berilgan.
Hozirga kelib pongolinlarning sakkiz turi mavjud va ular tobora kamayib bormoqda. Pongolinlardan Osiyo va ayniqsa, Xitoy tibbiyotida astma va saratonni davolashda keng qo`llaniladi.






