Argentinaning Buenos-Ayres shahrida Venesuelaning amaldagi prezineti Nikolas Maduroni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishlar bo`lib o`tmoqda, deya xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Yuzlab odamlar ko`chalarda “Maduro qonuniy prezident” deb yozilgan plakatlarni ko`tarib olishgan. Ushbu aksiyada argentinaliklar bilan birga venesuelaliklar ham qatnashishmoqda. Namoyishlar AQSh elchixonasi yonida o`tkazilmoqda. Ular amerikaliklar Venesuelada to`ntarish tashkil etishga urinishayotganini ta`kidlashmoqda.






