Rossiyada ikkinchi milliarder ayol paydo bo`ldi deb xabar qildi Forbes jurnali bugun o`z sahifasida.
Wildberries kompaniyasi asocchisi Tatyana Bakalchuk Rossiyaning eng boy ayollari ro`yxatida ikkinchi o`rinni egalladi. Bugungi kunda Wildberries uning daromadi 1,2 milliard dollarga etgan.. O`tgan yili kompaniyaning savdo hajmi va ko`rgan foydasi 602 million dollarni tashkil etgan.
Ushbu muvaffaqiyatga Tatyana o`z kuchi bilan erishgan. Uning asli kasbi ingliz tili o`qituvchisi bo`lgan. 2004 yilda u turmush o`rtog`i Vladislav bilan o`z biznesini boshlagan. Dastlab ular Otto va Quelle kataloglaridagi buyumlarni sotish bilan shug`ullangan, keyinchalik o`z assortimentini kengaytirishgan. Boshida ularning o`z kvartirasi omborxona vazifasini bajargan.
Forbes ro`yxatining birinchi qatorida, hali ham Moskva shahrining sobiq hokimi Yuriy Lujkovning rafiqasi Elena Baturina joylashgan.






