AsosiyJamiyat

"O`zdavkarantin" Qozog`iston O`zbekiston anorlariga vaqtincha taqiq qo`ygani yuzasidan izoh berdi

'"O`zdavkarantin" Qozog`iston O`zbekiston anorlariga vaqtincha taqiq qo`ygani yuzasidan izoh berdi'ning rasmi

“O`zdavkarantin” Qozog`istonning O`zbekistondan anor olib kirishga qo`ygan taqiqi bo`yicha bayonot berdi.

Xabarda aylishicha, Qozog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida e`lon qilingan xabarda (20 fevral) qayd etilishicha, 2018 yil va joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qirg`izistondan Qozog`istonga olib kirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari karantin ko`rigidan o`tkazilganda 465 ta holatda fitosanitariya talablari buzilganligi, jumladan, 59 holatda karantindagi zararli organizmlar mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, Qozog`iston karantin xizmati O`zbekistondan 2018 yilda ikki holatda (22 oktyabrda 684 kg va 31 oktyabrda 615 kg) jo`natilgan anordan Komstok qurti borligi aniqlanganini ma`lum qilgan.

Xalqaro fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tajribasiga ko`ra, ko`rik jarayonida o`simlik va o`simlik mahsulotlarida karantindagi zararli organizmlar aniqlansa, zudlik bilan eksport qiluvchi davlatning karantin xizmatiga ma`lum qilinadi.

“Ayni paytda nima sababdan Qozog`iston karantin xizmati anordan Komstok qurti aniqlanganidan qariyb 120 kun o`tib bu haqda ma`lum qilgani hamda ushbu mahsulot importiga vaqtincha taqiq qo`ygani o`rganilmoqda va muzokaralar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

O`zbekistonning anor mahsuloti asosan Rossiya bozorlariga etkaziladi (ko`p hollarda Qozog`iston O`zbekiston anorlarini Rossiyaga reeksport qiladi).

Mamlakat eksportyorlariga hozirda anor mahsulotini Rossiya va boshqa mamlakatlarga Qozog`iston hududi orqali tranzit tarzida olib o`tishlarida hech qanday to`siqlar mavjud emasligini ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar