AsosiyJamiyat

Surxondaryoda mingdan ortiq fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzildi

'Surxondaryoda mingdan ortiq fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzildi'ning rasmi

Soliq qonunchiligiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, tadbirkorlik sub`ektlari 2019 yil 1 aprelga qadar xodimlar soni va mehnatga haq to`lash fondini ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirsa, avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun soliqlarni qo`shimcha hisoblashdan ozod qilinishi belgilangan.

Bu borada Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlar, amalga oshirilgan targ`ibot- tushuntirish ishlari natijasida viloyatda 2019 yilning o`tgan davrida davomida 453 ta korxonada norasmiy ishlayotgan 1019 nafar ishchi-xodimlar faoliyati qonuniylashtirildi.

– Joriy yilning o`tgan vaqti mobaynida 50 nafar norasmiy ishlayotgan ishchi-xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzdik, – deydi “Saodatbonu Aziza Termiz” xususiy korxonasi ish yurituvchisi Furqat Safarov. O`tgan yili 75 milliard so`mlik qurilish ishlarini bajargan bo`lsak, 2019 yilda ish hajmini ikki barobarga oshirishni rejalashtirganmiz.

Eslatib o`tamiz: Xufiyona iqtisodiyotga barham berish, aholining real daromadlarini oshirish, ish o`rinlari va mehnatga haq to`lash jarayonlarining shaffofligini ta`minlash maqsadida soliq qonunchiligiga joriy yil 1 yanvardan e`tiboran bir qancha o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan edi. Xususan:

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining amaldagi 4 ta pog`onali stavkalari o`rniga yagona 12 foizlik stavka belgilandi;

Pensiya jamg`armasiga 8 foizli sug`urta badali bekor qilindi;

Yagona ijtimoiy to`lov stavkasi 25 va 15 foizdan 12 foizga tushirildi.

Natijada, ish haqi fondiga soliq yuki o`rtacha 1,8 marotabaga kamayib, xodimlarning ish haqini oshirish hamda yangi ish o`rinlarini yaratish imkoniyati yuzaga keldi.

    Boshqa yangiliklar